Momaqaymoq damlamasi

ID товара: 3599 Nashr etilgan: 2 ой аввал
85 000 сум
Mahsulot haqida

Momaqaymoq (Taraxacum officinale) – bu tabiatning noyob ne’mati bo‘lib, qadim zamonlardan beri xalq tabobatida jigar, buyrak, qon aylanishi, hazm va umumiy holatni yaxshilash uchun keng qo‘llanib kelinadi. Uning ildizi, barglari va guli ham shifobaxsh xususiyatlarga ega.

🌿 Shifobaxsh xususiyatlari:

🔹 Jigarni tiklaydi va tozalaydi:

Momaqaymoq o‘simligi tabiiy gepatoprotektor bo‘lib, jigarni toksinlardan tozalaydi, safro ajralishini yaxshilaydi va jigarning tiklanishiga yordam beradi.

🔹 Buyrak va siydik haydovchi ta’sir:

Tana ichidagi ortiqcha suyuqliklarni chiqarib yuboradi, buyrak faoliyatini rag‘batlantiradi va shishlarni kamaytiradi.

🔹 Qonni tozalaydi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi:

Qondagi zaharli moddalarni chiqarishda yordam beradi, holsizlik, og‘irlik hissini yengillashtiradi.

🔹 Oshqozon-ichak tizimini qo‘llab-quvvatlaydi:

Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, ich qotishni oldini oladi va ichakdagi iltihoblarni kamaytiradi.

🔹 Qandli diabet uchun foydali:

Gipoglikemik ta’siri mavjud bo‘lib, qondagi shakar miqdorini tabiiy ravishda pasaytirishga yordam beradi.

🔹 Teri va umumiy salomatlikni mustahkamlaydi:

Terining holatini yaxshilaydi, allergik toshmalarni kamaytiradi va tananing tabiiy qarishiga qarshi kurashadi.

☕ Qo‘llanilishi:

1 choy qoshiq quritilgan momaqaymoq (yoki 1 filter-paket)

200 ml qaynoq suv bilan damlanadi

7–10 daqiqa damlab qo‘yiladi

Kuniga 2–3 mahal ovqatdan oldin yoki keyin iste’mol qilinadi

Shunga o'xshash mahsulotlar