Uy va ofislarni toza saqlashda changyutgich eng kerakli maishiy texnikalardan biri. Hozirgi kunda bozorda turli rusumdagi changyutgichlar mavjud bo‘lib, ularni online sotib olish imkoniyati ham bor. Ayniqsa, Toshkent va boshqa shaharlarda internet-do‘konlar orqali kerakli modelni tanlab, tezkor yetkazib berish xizmatidan foydalanish ham mumkin. To'g'ri changyutgich tanlash uchun quyidagi jihatlarga e'tiborli bo'lsangiz, pulingiz besamar ketmaydi:


Eng muhim ko'rsatkichlarda biri - changyutgich quvvati

Changyutgich quvvati asosiy mezon hisoblanadi. Katta maydonni tez va samarali tozalash uchun yuqori quvvatli model tanlash kerak. Agar ham quvvatli ham energiya tejash funksiyasi boridan tanlasangiz har jihatdan foyda qilgan bo'lasiz. 


Ikkinchi jihat-chang yig‘ish usuli

Hozirda qopchali, qopsiz (konteynerli) va suv filtri orqali ishlovchi changyutgichlar keng tarqalgan. Masalan, qopchali modellarda qoplarni almashtirib turish talab qilinadi, konteynerli changyutgichlar esa qulay va hamyonbop. Allergiyasi bo‘lganlar uchun esa suv filtri tizimiga ega variantlar eng maqbul hisoblanadi.


Uchinchi omil-qurilmaning shovqin darajasi

Uyda yosh bolalar, yoshi katta insonlar bo‘lsa shovqinsiz changyutgich tanlash kerak bo'ladi.

Qo'shimchasiga agar changyutgich vazni yengil va boshqarish oson bo'lsa nur ustiga nur. Sababi uni kundalik ishlatish jarayonida sizni charchatib qo'ymaydi.


Bugungi kunda Toshkentda deyarli barcha turdagi changyutgichlarni online sotib olish mumkin. Internet-do‘konlarda uning texnik xususiyatlari va unga qoldirilgan izohlarni o‘rganib chiqib tanlov qilishingizm umkin.

Hovlee.uz sayti orqali ham changyutgichlarning keng tanlovini topishingiz mumkin. Ayniqsa Bohn changyutgichlar foydalanuvchilar tomonidan eng ko'p so'ralganlardan biri hisoblanadi. Quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:


⭐️ Barcha changyutgichlar: https://hovlee.uz/uz/catalog/category/pilesosi

⭐️ Bohn changyutgichi: https://hovlee.uz/uz/product?product=1005&store_id=327