Yantoq nima?

Yantoq (Alhagi) – dukkakdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻtlar turkumi. Oʻrta Osiyoning dasht, choʻl, chala choʻllarida hamda Rossiyaning Yevropa qismidagi chala choʻl rayonlarida 5 turi maʼlum. (🌎 Wikipedia ma'lumotlari asosida)


Yantoq asalining foydalari

Yantoq asali tabiiy asal turi bo‘lib, yantoq nektaridan olinadi. Yantoq asali vitaminlar, minerallar hamda antioksidantlarga boy mahsulotlardan hisoblanadi. U nafaqat shirinlik sifatida iste’mol qilinadi, balki sog‘liqni mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi.

Quyida yantoq asalining foydali jihlatlarini bilib olishingiz mumkin:



1. Antioksidant* xususiyati

Yantoq asali tarkibida flavonoidlar va fenolik birikmalar mavjud bo‘lib, ular organizmdagi erkin radikallarning zararli ta’sirini kamaytiradi. Bu bilan yantoq asalini iste'mol qilgan insonda hujayra qarishini sekinlashishiga, teri va organlar sog‘lom bo'lishiga yordam beradi. 

*Antioksidantlar inson organizmidagi erkin radikallarning zararli ta'sirini zararsizlantiruvchi molekulalar bo'lib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi, yallig'lanishni kamaytiradi, immunitetni mustahkamlaydi va saraton hamda yurak kasalliklari xavfini pasaytiradi


2. Immunitetni kuchaytiradi

Yantoq asali tabiiy antibakterial va virusga qarshilik xususiyatga ega. Shamollash, yo‘tal, angina kabi kasalliklarda organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Shuningdek yaralarni tezroq bitishiga ko‘maklashishi ham aniqlangan.



3. Ichak va ovqat hazm qilish tizimi uchun foydasi


Yantoq asali o'zining probiotik yoki prebiotik ta’siri tufayli ichak mikroflorasini sog‘lom saqlashga yordam beradi. Shuningdek, ba’zi hollarda diareya yoki oshqozon bezovtaliklarida yengillik beradi. 



4. Energiya manbai va shirinlik o'rnini bosuvchi


Yantoq asali tabiiy shakar manbai bo‘lib, u tanaga glukoza va fruktoza shaklida tez hazm bo‘ladi. Shu sababli charchoq paytida energiya berishi mumkin. Shuningdek, oddiy shakar o‘rnida yantoq asalidan foydalanish sog‘liq uchun zarar kamroq hisoblanadi.



Hoziroq Hovlee’dan yantoq asaliga buyurtma bering! 
✿ Yantoq asali