QORAQIZ — Tozalovchi va teri salomatligi uchun giyohli choy

ID товара: 3594 Nashr etilgan: 2 ой аввал
75 000 сум
Mahsulot haqida

QORAQIZ (Chereда) o‘simligi qadimdan xalq tabobatida teri, jigar va qon kasalliklarini davolashda ishlatilgan kuchli tozalovchi va yallig‘lanishga qarshi o‘simlikdir. Bu choy organizmni ichki toksinlardan tozalaydi, terining holatini yaxshilaydi va allergik reaksiya, teri toshmalari, ekzema, dermatit kabi kasalliklarni engillashtiradi.

🔬 Shifobiy xususiyatlari:

✅ Teri kasalliklariga qarshi

Qoraqiz o‘simligi teri muammolari — qichishish, toshma, ekzema, psoriaz, allergik dermatitlarni kamaytirishga yordam beradi. Ichki yallig‘lanishni kamaytiradi va terini tinchlantiradi.

✅ Organizmni tozalovchi

Qon va limfa tizimidan zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi. Jigar faoliyatini yaxshilaydi va moddalar almashinuvini tartibga soladi.

✅ Allergiyaga qarshi ta’sir

Doimiy ravishda ichilganda organizmning allergik holatlarga bo‘lgan sezuvchanligini pasaytiradi, ayniqsa bolalarda teri allergiyasiga foydali.

✅ Yaralar va shamollashga qarshi

Chereда o‘zining yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyati bilan og‘iz ichidagi yallig‘lanishlar, angina, stomatitda ham foydali. Shuningdek, ichki yallig‘lanishlarni pasaytiradi.

✅ Hazm tizimini qo‘llab-quvvatlaydi

Ichak faoliyatini tartibga soladi, meteorizm, ich qotishi va ich ketishini me’yorga keltirishda foyda beradi.

🧾 Tarkibi:

Quritilgan qoraqiz (Chereда) o‘simligi

☕ Qo‘llash usuli:

1 choy qoshiq qoraqizni 200 ml qaynagan suvga soling, 10–15 daqiqa damlab usti yopilgan holatda qoldiring. Kuniga 1–2 mahal ichish tavsiya etiladi.

Shunga o'xshash mahsulotlar