
Siz o'z mahsulotlaringizni ko'rsatishingiz, sotib olingan mahsulotlar haqida sharh qoldirishingiz va boshqa ko'p narsalarga ega bo'lasiz.










GASTORYA — Oshqozon va ichak salomatligi uchun giyohli choy
GASTORYA — bu oshqozon-ichak trakti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shilliq qavatni tiklash va hazmni yaxshilash uchun mo‘ljallangan o‘ziga xos giyohli choy aralashmasidir. Uning tarkibidagi tabiiy giyohlar yallig‘lanishga qarshi, o‘rab oluvchi va og‘riqni kamaytiruvchi xususiyatlarga ega.
🔬 Shifobiy xususiyatlari:
✅ Oshqozon shilliq qavatini himoya qiladi
Gulxayri (Altey) va Zigʻir urug‘i (Len) moddalari shilliq qavatni yupqa himoya qatlami bilan o‘rab oladi, bu esa oshqozon kislotasining zararli ta’sirini kamaytiradi va yara hosil bo‘lishining oldini oladi.
✅ Yalligʻlanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi
Yantoq (kolyuchka) va Shirinmiya (Solodka) oshqozon va ichakdagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, og‘riq va diskomfortni yengillashtiradi.
✅ Hazmni yaxshilaydi
Ushbu giyohlar hazm qilishni faollashtiradi, ovqatning oson hazm bo‘lishini ta’minlaydi va meteorizm (gaz to‘planishi), ko‘ngil aynishi, og‘irlik hissi kabi noxush holatlarni kamaytiradi.
✅ Yaralarni bitkazadi
Shirinmiya yara bitishini tezlashtiruvchi tabiiy komponentlarga boy bo‘lib, gastrit va oshqozon yarasi bo‘lgan bemorlar uchun foydalidir.
🧾 Tarkibi:
Yantoq (Kolyuchka)
Zigʻir urug‘i (Len)
Gulxayri (Altey)
Shirinmiya (Solodka)
☕ Qo‘llash usuli:
1 choy qoshiq aralashmani 200 ml qaynagan suvga solib, 15 daqiqa damlab, kuniga 2 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichish tavsiya etiladi.
Shunga o'xshash mahsulotlar


DALACHOY — Zveroboy asosidagi sogʻlomlashtiruvchi va tinchlantiruvchi giyohli choy
65 000 сум
MOYCHECHAK — Tinchlantiruvchi va hazmni yaxshilovchi giyohli choy
65 000 сум
VITAL — Nafas yo‘llari va bronxlar salomatligi uchun giyohli choy
75 000 сум
BILARIS — Jigarning va o‘t pufagining salomatligi uchun giyohli choy
75 000 сум
КИЙИК УТИ — Kiyik o‘ti choyi immunitet va nafas yo‘llari salomatligi uchun
65 000 сум